Kitobdan parcha
Haqiqatan bir tasavvur qilib ko‘ring: qurigan quduqqa qancha suv quysangiz ham, u quduqdan suv chiqmaydi! Quduqdan suv o‘zi chiqadi yoki bo‘lmasa qazilish natijasida suv chiqadi.
Xuddi shunday, sizning juftingiz ham qancha sizga «suv» quymasin, sizga u suv yetmaydi, nima qilsa ham doim undan kamchilik topasiz, rozi bo‘lmaysiz.
Agar siz o‘z ruhiy holatingiz bilan shug‘ullanib, ruhiy uyingizga qaytib, o‘zingizni ayblamasdan, qoralamasdan, kamsitmasdan seva olsangiz, bu orqali o‘z qudug‘ingizni qazasiz va yaratasiz. Sizning qudug‘ingiz suv bilan jonlanadi. Endi juftingizning sizga suv quyishi yoki quymasligi sizni xafa qilmaydi, chunki siz suv bilan to‘lasiz.
«Menga suv yetmayapti», deb o‘ylamaysiz. Siz endi sevgi bersangiz ham shartsiz seva olasiz, chunki «tugab qoladi, hech kimga keraksiz bo‘lib yo‘q bo‘lib ketaman» deb o‘ylamaysiz.





